Flexa

Download Flexa to apply for this position and discover more opportunities.

Ishlab chiqarish boshlig‘i

"LT TEXTILE INTERNATIONAL" MCHJ shaklidagi xorijiy korxona
Qarshi, UzbekistanToʻliq stavka5h ago

12,000,000+ UZS

/ month

Job Details

LT TEXTILE INTERNATIONAL MCHJ shaklidagi xorijiy korxona Qarshi shahridagi ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil eta oladigan Ishlab chiqarish boshlig‘ini ishga taklif qiladi. Vazifalar: - Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish; - Ishlab chiqarish rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash; - Ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini oshirish; - Xomashyo, materiallar va uskunalardan oqilona foydalanishni nazorat qilish; - Ishlab chiqarishdagi muammolarni tezkor aniqlash va bartaraf etish; - Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash; - Ishlab chiqarish xodimlarini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va jamoa ishini muvofiqlashtirish; - Rahbariyatga ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha muntazam hisobot taqdim etish. Ish sharoitlari va maosh suhbat asosida kelishiladi.

Requirements

- Ishlab chiqarish sohasida kamida 3 yil rahbarlik yoki boshqaruv tajribasi; - Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va nazorat qilish ko‘nikmasi; - Jamoani boshqarish, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va natija talab qilish qobiliyati; - Mahsulot sifati, ishlab chiqarish intizomi va mehnat xavfsizligi talablarini bilish; - Muammoli vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qila olish; - Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va tashkilotchilik qobiliyati; - Kompyuter dasturlaridan, jumladan Microsoft Excel dasturidan foydalana olish; - O‘zbek tilini yaxshi bilish; rus tilini bilish ma’qul; - Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi afzal.

Job type

Toʻliq stavka

Experience

Katta

Education

Bakalavr

Industry

Engineering & Manufacturing

Location

Qarshi, Uzbekistan

Posted

Sep 1, 2026

Expires

Oct 1, 2026

About the company

"LT TEXTILE INTERNATIONAL" MCHJ shaklidagi xorijiy korxona

Enterprise (1000+)

Paxta tolasidan kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

Ishlab chiqarish boshlig‘i - "LT TEXTILE INTERNATIONAL" MCHJ shaklidagi xorijiy korxona | Flexa