Flexa

Download Flexa to apply for this position and discover more opportunities.

Cafés & restaurants

Waiter, pizza and sushi cook, bartender (restaurant "Qamish Gamburg")

Qamish Gamburg
UrgenchSchedule 10:00–23:00TrainingMealsStaff transport

Salary negotiable

Job Details

Original in Uzbek
📢 QAMISH GAMBURG JAMOASIGA ISHGA TAKLIF QILAMIZ! 🍽 O‘z kasbini sevadigan, tajribali va mas’uliyatli xodimlarni jamoamizga taklif etamiz! QAMISH GAMBURG — mehmonlarga mazali taomlar, sifatli xizmat va samimiy muhit taqdim etishga intiladigan restoran. Biz o‘z ishining ustasi bo‘lgan, rivojlanishga intiladigan va jamoa bilan hamjihatlikda ishlaydigan mutaxassislarni qadrlaymiz. 👨‍💼 1. OFITSIANT Asosiy vazifalari: • Mehmonlarni samimiy kutib olish va sifatli xizmat ko‘rsatish. • Buyurtmalarni aniq qabul qilish va o‘z vaqtida yetkazish. • Menyudagi taomlarni bilish va mehmonlarga tavsiya qilish. • Xizmat ko‘rsatish standartlari va tozalikka rioya qilish. 🍕 2. PITSA VA SUSHI OSHPAZI Asosiy vazifalari: • Pitsa va sushi mahsulotlarini sifatli tayyorlash. • Belgilangan retseptura va texnologik kartalarga amal qilish. • Taomlarning ta’mi, sifati va taqdimotini nazorat qilish. • Ish joyida sanitariya va tozalik qoidalariga rioya qilish. 🍹 3. BARMEN (ICHIMLIKLAR TAYYORLASH MUTAXASSISI) Asosiy vazifalari: • Turli xil mojito va limonadlar tayyorlash. • Issiq choylar va boshqa ichimliklarni tayyorlash. • Ichimliklarning ta’mi, sifati va bezatilishini ta’minlash. • Buyurtmalarni tez va sifatli bajarish. • Bar jihozlari va ish joyini ozoda saqlash. 🎁 BIZ TAKLIF ETADIGAN SHAROITLAR VA IMTIYOZLAR ☑ Kuniga 2 mahal bepul issiq ovqat. ☑ Ish vaqti tugagach uyga qaytish uchun transport xizmati. ☑ Ahil va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa. ☑ Kasbiy rivojlanish va tajriba oshirish imkoniyati. 🕙 Ish vaqti: 10:00 – 23:00 💰 Ish haqi: Suhbat asosida kelishiladi. 📍 Ish joyi: Urganch shahri, Medlayn klinikasi yonida, “Qamish Gamburg” restorani. QAMISH GAMBURG — PROFESSIONAL JAMOANING BIR QISMIGA AYLANING!

Requirements

Talablar: • Restoran yoki kafeda ofitsiant sifatida ishlagan bo‘lishi shart. • Mehmonlar bilan muloqot qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. • Xushmuomalalik, tezkorlik va mas’uliyat. • Jamoada ishlay olish va intizomlilik. Talablar: • Pitsa va sushi tayyorlash bo‘yicha amaliy ish tajribasi bo‘lishi shart. • Har ikkala yo‘nalishda mustaqil ishlay olish. • Mahsulotlar va tayyorlash texnologiyalarini yaxshi bilish. • Tezkorlik, aniqlik va mas’uliyat. Talablar: • Bar yoki restoranda ichimliklar tayyorlash bo‘yicha ish tajribasi bo‘lishi shart. • Mojito, limonad va turli issiq choylarni tayyorlashni yaxshi bilish. • Ichimliklarni chiroyli taqdim eta olish. • Tezkorlik, tozalik va mas’uliyat. ❗ MUHIM: Barcha lavozimlarga faqat tegishli yo‘nalishda ish tajribasiga ega nomzodlar ko‘rib chiqiladi.

Is this your vacancy? Claim it · Not ours — take it down

Job type

Full Time

Experience

Mid

Industry

Hospitality, Tourism & Food Services

Location

Urgench

Posted

21 Oct 2026

Expires

20 Nov 2026

About the company

Qamish Gamburg

Waiter, pizza and sushi cook, bartender (restaurant "Qamish Gamburg") - Qamish Gamburg | Flexa