Flexa

Flexani yuklab oling va bu vakansiyaga ariza bering.

Savdo va call-markaz

Savdo agenti (un va oziq-ovqat, B2B)

«Shodiyona» un markazi
MargʻilonGrafik 6/1RasmiyOʻqitishOvqat

Maosh

4 000 000 – 5 000 000 soʻm / oy

Vakansiya haqida

Asl matn: oʻzbekcha
«Shodiyona» un markazi kuchli sotuv jamoasini shakllantirmoqda! Farg‘ona vodiysida un va oziq-ovqat distribyutsiyasi bo‘yicha yetakchi kompaniyamiz o‘z saflarini shijoatli va natijaga ishlaydigan mutaxassislar bilan kengaytirmoqda! 📌Sotuv sohasida barqaror daromad topish va muvaffaqiyatli karyera qurishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif etamiz: 🟠 SOTUV AGENTI ( SAVDO VAKILI) 🚀Vazifalar: • Belgilangan hudud bo‘yicha savdo nuqtalariga (do‘konlar, novvoyxonalar, B2B mijozlar) kunlik tashrif buyurish ; • Yangi mijozlarni jalb qilish va kompaniyaning savdo hajmini oshirish; • Mahsulotlar taqdimotini o‘tkazish, buyurtmalarni rasmiylashtirish; • Kunlik va haftalik sotuv hisobotlarini topshirish. ✅Ish sharoitlari va maosh: • O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh: 5 000 000 so‘m (fiks) + KPI ; • Ish grafigi: 6/1 (05:00–12:00 / 09:00–16:00); • Korxona hisobidan bepul issiq tushlik; • Korxona tomonidan o‘qituv va qo‘llab-quvvatlash • Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgach, rasmiy bandlik. 🟠 CALL-CENTER OPERATORI (SOTUV OPERATORI) Vazifalar: • Kuniga 50 dan ortiq kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda lidlarni qayta ishlash; • Mijozlar ehtiyojini aniqlash, mahsulotlarni tavsiya qilish va sotuvni yopish; • amoCRM tizimida mijozlar bazasi va buyurtmalar tarixini aniq yuritish; • Amaldagi mijozlar bilan aloqani ushlab turish hamda to‘lovlar va qarzdorlikni nazorat qilish. Ish sharoitlari va maosh: • O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh: 4 000 000 so‘m (fiks) + KPI ; • Ish grafigi: 6/1 (07:00–16:00 / 08:00–17:00); • Korxona hisobidan bepul issiq tushlik ; • Korxona tomonidan 1 oylik o‘qituv va qo‘llab-quvvatlash (ushbu davr mobaynida oylik maosh to‘lanadi); • Zamonaviy va barcha zaruriy texnika bilan ta’minlangan ish o‘rni Marg‘ilon shahar, Votstroy «Shodiyona» un markazi (Orientir: Ko‘mir sklad ko‘chasi, «Orzu» chorrahasi). Arizalar 20-oktyabrgacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan shoshiling!

Talablar

✅Talablar: • Un,oziq ovqat mahsulotlari yoki B2B savdo sohasida kamida 6–12 oy tajriba; • Oziq-ovqat va un, novvoyxona xomashyosi assortimentini tushunish va tez o‘rganish qobiliyati; • Muloqotga kirishuvchanlik, muzokaralar olib borish va sotuv ko‘nikmalari; • Nomzodlar: 20 yoshdan 40 yoshgacha. Talablar: • Sotuv sohasida kamida 6–12 oy tajriba; • amoCRM, kompyuter dasturlaridan foydalana olish ko‘nikmasi; • O‘zbek tilida mukammal va ravon muloqot qilish; • E’tirozlar bilan ishlay olish, mas’uliyat va intizom; • Nomzodlar: 20 yoshdan 40 yoshgacha.

Bu sizning vakansiyangizmi? Oʻzingizga oling · Bizniki emas — olib tashlang

Ish turi

Toʻliq stavka

Tajriba

Oʻrta

Soha

Marketing, savdo va kommunikatsiyalar

Joylashuv

Margʻilon

Joylashtirildi

15 okt 2026

Tugaydi

14 noy 2026

Kompaniya haqida

«Shodiyona» un markazi