Flexa

Flexani yuklab oling va bu vakansiyaga ariza bering.

Savdo va call-markaz

Support Manager (Arebor kompaniyasi)

Arebor
ToshkentTajribasizOʻqitishOvqat

Maosh

3 000 000 – 6 000 000 soʻm / oy

Vakansiya haqida

Asl matn: oʻzbekcha
🚨AREBOR kompaniyasiga Support Manager kerak! (Tajriba talab qilinmaydi) Mijozlar bilan muloqot qilishni, muammolarga yechim topishni va professional jamoada ishlashni xohlaysizmi? Unda bizning jamoamizga qo‘shiling! Arebor — O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi savdo jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan kompaniya. Biz jamoamizni kengaytirmoqdamiz va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha Support Managerlarni ishga taklif qilamiz. Asosiy vazifalar: Mijozlarning savollari va murojaatlariga javob berish. Mijozlarga kompaniya xizmatlari va mahsulotlari haqida ma’lumot berish. Mijozlar duch kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilishga yordam berish. Mijozlar bilan do‘stona va professional munosabatlarni saqlash. Mijozlar murojaatlarini CRM tizimida qayd etib borish. Savdo va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlash. Mijozlar fikr-mulohazalarini yig‘ish va xizmat sifatini yaxshilashga hissa qo‘shish. Biz nimalarni taklif qilamiz? 1 oy bepul amaliyot — ish jarayonlarini o‘rganish va tajriba orttirish imkoniyati. 💰 2-oydan boshlab 3 000 000 – 6 000 000 so‘m oylik — natija, ko‘nikma va ish samaradorligiga qarab. Professional jamoada ishlash va rivojlanish imkoniyati. Tushlik kompaniya hisobidan Mijozlar bilan ishlash, CRM va biznes jarayonlari bo‘yicha amaliy tajriba. Kompaniya bilan birga o‘sish va kelajakda yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Talablar

Biz nomzoddan nimalarni kutamiz? O‘zbek tilida ravon va savodli muloqot qila olish. Xushmuomalalik, mas’uliyat va muammolarni hal qilish qobiliyati. Yangi bilimlarni tez o‘zlashtirish va o‘rganishga tayyorlik. Jamoada ishlash va berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish. Kompyuter va raqamli vositalardan foydalanish ko‘nikmasi.

Bu sizning vakansiyangizmi? Oʻzingizga oling · Bizniki emas — olib tashlang

Ish turi

Toʻliq stavka

Tajriba

Boshlangʻich

Soha

Chakana savdo va elektron tijorat

Joylashuv

Toshkent

Joylashtirildi

25 okt 2026

Tugaydi

24 noy 2026

Kompaniya haqida

Arebor