Flexa

Flexani yuklab oling va bu vakansiyaga ariza bering.

Ombor va ishlab chiqarish

Yuk tashuvchi va ombor xodimi (Valor Distribution)

Valor Distribution
BuxoroGrafik 8:30–18:30Tajribasiz

Maosh

3 000 000 – 7 000 000 soʻm / oy

Vakansiya haqida

Asl matn: oʻzbekcha
⚡️ Valor Distribution jamoasiga yuk tashuvchi va ombor xodimi 💵 Maosh: 3,000,000 - 7,000,000 so'm 📍 Hudud: Buxoro 📣 Ish haqida: Valor Distribution jamoasiga qo‘shiling! Ishni ombordan boshlang, kelajakda kasbiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ling. Biz halol, diqqatli, hisob-kitobni yaxshi biladigan va mas’uliyatli xodimlarni qidiryapmiz. ⏰ Ish vaqti: – 8:30 dan 18:30 gacha 📌 Manzil: – Buxoro shahri ✅ Biz taklif qilamiz: – Tovarlarni sanab, hujjatlar bilan solishtirib qabul qilish – Buyurtmalarni nakladnoy asosida xatosiz tayyorlash – Mahsulotlarni yuklash, tushirish va belgilangan joylarga joylashtirish – Biriktirilgan zonadagi mahsulotlarning soni, butligi va saqlanishini nazorat qilish – Ombordagi tovar qoldiqlarini tekshirish va inventarizatsiyada qatnashish – Ish joyida tozalik va tartibni saqlash, jamoaga yordam berish – O‘zini yaxshi ko‘rsatgan xodimlar kelajakda quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanish imkoniyatiga ega: haydovchi-ekspeditor, merchendayzer, savdo agenti. Lavozim bo‘yicha o‘sish xodimning natijalari, ko‘nikmalari va kompaniyadagi mavjud imkoniyatlarga bog‘liq VALOR — bugun ish boshlang, ertaga kasbingizda rivojlaning! 🚀

Talablar

❗️ Talablar: – Mas’uliyat – ishonib topshirilgan ishga jiddiy yondashish – Diqqatlilik – mahsulot turi, soni va o‘lchamlarini adashtirmaslik – Hisob-kitob – tovarlarni aniq sanash va oddiy hisob-kitoblarni bajara olish – Tartib-intizom – ish vaqti va kompaniya qoidalariga rioya qilish – Mehnatsevarlik – jismoniy mehnatga tayyor bo‘lish – O‘rganishga intilish – yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga qiziqish – Qurilish materiallari, ayniqsa, santexnika mahsulotlarini biladigan nomzodlarga ustunlik beriladi – Omborxonada ish tajribasi bo‘lmasa ham tez o‘rgansangiz va mas’uliyatli bo‘lsangiz nomzodingiz ko‘rib chiqiladi

Bu sizning vakansiyangizmi? Oʻzingizga oling · Bizniki emas — olib tashlang

Ish turi

Toʻliq stavka

Tajriba

Boshlangʻich

Soha

Transport, logistika va xaridlar

Joylashuv

Buxoro

Joylashtirildi

27 okt 2026

Tugaydi

26 noy 2026

Kompaniya haqida

Valor Distribution