Flexa

Flexani yuklab oling va bu vakansiyaga ariza bering.

Ofis va maʼmuriyat

Xitoy tili tarjimoni (TBI zavodi)

STONMAX
QoʻqonGrafik 6/1, 8:00–18:00Ovqat

Maosh

4 000 000 – 5 000 000 soʻm / oy

Vakansiya haqida

Asl matn: oʻzbekcha
STONMAX jamoasiga XITOY TILI TARJIMONI kerak. Qo'qonda 12 yildan beri TBB (temir-beton buyumlari) va suyuq beton ishlab chiqaradigan zavod. Ishlab chiqarish bo'limimizda rahbariyat va xitoylik ishchilar o'rtasida ishonchli bog'lovchi bo'ladigan tarjimon izlaymiz. Vazifalaringiz: ❗️ Rahbariyat va xitoylik ishchilar o'rtasida og'zaki va yozma tarjima qilish ❗️ Zavod hududida xitoylik ishchilar bilan birga yurib, ish jarayonini kuzatish va nazorat qilish ❗️ Rahbariyat topshiriqlarini ishchilarga aniq yetkazish, ularning muammo va takliflarini rahbariyatga o'z vaqtida aytish ❗️ Xitoylik ishchilar uchun kerakli asbob-uskunalarni aniqlash va xarid qilib berish ❗️ Ishchilar uchun oziq-ovqat va kundalik zaruriy mahsulotlarni xarid qilib berish ❗️ Kerak bo'lganda xitoylik ishchilarni chegaraga olib borib-kelish Daromad: 💵 Sinov muddatida: 4 000 000 so'm 💵 Sinovdan keyin: 5 000 000 so'm Nima uchun STONMAX? ❗️ 12 yillik tajribaga ega barqaror zavod ❗️ Korxonada qolib ishlash niyyatingiz bo`lsa — yotoq joy va kuniga 3 mahal ovqat bilan ta'minlaymiz ❗️ Bayram kunlarida bonuslar. Ish sharoitlari: 📍 Ishlab chiqarish: Qo'qon sh., Aeroport yaqinida 🗓 Ish grafigi: 6/1, yakshanba dam ⏰ Ish vaqti: 08:00–18:00 gacha ⏳ Sinov muddati: 1 oy

Talablar

Biz kimni izlayapmiz: ❗️ Jinsi: erkak ❗️ Yoshi: 22–40 yosh ❗️ Xitoy tilini erkin so'zlashuv darajasida, o'zbek tilini yaxshi bilish ❗️ Xitoy tili bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot afzal ❗️ Kamida 6 oy – 1 yillik tajriba. Xitoyda 1 yildan ortiq yashagan bo'lsangiz — ustunlik beradi ❗️ Ishlab chiqarishdagi asbob-uskuna va texnik atamalarni tez o'zlashtira oladigan ❗️ Xarid qilish va narx-navoni biladigan ❗️ Muloqotchan, mas'uliyatli, nazorat qila oladigan ❗️ Kun davomida zavod hududida ko'p yurishga tayyor

Bu sizning vakansiyangizmi? Oʻzingizga oling · Bizniki emas — olib tashlang

Ish turi

Toʻliq stavka

Tajriba

Oʻrta

Soha

Muhandislik va ishlab chiqarish

Joylashuv

Qoʻqon

Joylashtirildi

14 noy 2026

Tugaydi

14 dek 2026

Kompaniya haqida

STONMAX