Flexani yuklab oling va bu vakansiyaga ariza bering.
Ofis va maʼmuriyat
HR-direktor (avtomobil kompaniyasi)
TIMSOLL AVTO
Qoʻqon
Maosh kelishiladi
Vakansiya haqida
Asl matn: oʻzbekcha⚡️ TIMSOLL AVTO jamoasiga tajribali HRD (HR direktori) izlanmoqda!
Agar siz inson resurslarini strategik boshqarish, kuchli jamoa shakllantirish va kompaniya rivojiga hissa qo‘shish tajribasiga ega bo‘lsangiz — bu vakansiya aynan siz uchun!
💰 Maosh: Kelishiladi.
📌 Vazifalaringiz:
• Kompaniyaning HR strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
• Xodimlarni tanlash, ishga qabul qilish va adaptatsiya jarayonlarini boshqarish
• Bo‘limlar kesimida kadrlar ehtiyojini aniqlash va strategik kadrlar rejasini shakllantirish
• Xodimlarni baholash, KPI va samaradorlikni boshqarish tizimlarini joriy etish
• Xodimlarni o‘qitish, rivojlantirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish
• Korporativ madaniyat va motivatsiya tizimini rivojlantirish
• Ish haqi, bonuslar va rag‘batlantirish tizimlarini takomillashtirish
• Kadrlar almashinuvi va HR ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
• HR bo‘limi faoliyatini boshqarish va jarayonlarni optimallashtirish
• Mehnat qonunchiligi hamda kadrlar hujjatlari yuritilishini nazorat qilish
• Rahbariyat uchun tahliliy hisobotlar tayyorlash va strategik takliflar kiritish
• Claude va boshqa AI vositalaridan HR jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirishda foydalanish
🚀 Nima uchun Timsoll:
• Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash imkoniyati.
• Raqobatbardosh ish haqi, nomzodning tajribasi va malakasiga qarab belgilanadi.
• Kasbiy va martaba rivojlanishi uchun imkoniyatlar.
• Rahbariyat bilan bevosita ishlash va kompaniyaning rivojlanish strategiyasiga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
• Qulay va professional ish muhiti.
📍Manzil: Qo'qon shahar, Mastona Zapchast bozor yaqinida.
Talablar
🎯 Kimni izlaymiz:
• Tajriba: HR sohasida 3–5 yil, shundan kamida 2 yil rahbarlik lavozimida
• HR strategiyasi va xodimlarni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tajribasi
• KPI, xodimlar samaradorligi va motivatsiya tizimlarini boshqarish bo‘yicha bilim
• O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligini yaxshi bilish
• Strategik va tahliliy fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmasi
• Yetakchilik, jamoani boshqarish va samarali muloqot qobiliyati
• Sun’iy intellekt, jumladan Claude va zamonaviy AI platformalaridan foydalana olish
• Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, halollik va natijaga yo‘naltirilganlik
Bu sizning vakansiyangizmi? Oʻzingizga oling · Bizniki emas — olib tashlang
O‘xshash vakansiyalar
Administrator / operator (EKO SERVIS kompaniyasi, Urganch)
EKO SERVIS URGANCH · Ургенч, Uzbekistan
Kadrlar boʻlimi mutaxassisi (TAXTAKON kompaniyasi)
TAXTAKON ("Russian Forest") · Ургенч, Uzbekistan
3 500 000+ soʻm
Tozalovchi (BUTTON kompaniyasi)
BUTTON · Ташкент, Uzbekistan
3 000 000 soʻm
HR-administrator (Albino ofisi)
Albino · Ташкент, Uzbekistan
5 000 000+ soʻm
Kadrlar boʻyicha mutaxassis (Yangihayot kompaniyasi)
Yangihayot · Ташкент, Uzbekistan
8 000 000 – 10 000 000 soʻm
Ish turi
Toʻliq stavka
Tajriba
Katta
Soha
Biznes, moliya va konsalting
Joylashuv
Qoʻqon
Joylashtirildi
11 noy 2026
Tugaydi
11 dek 2026
Kompaniya haqida
TIMSOLL AVTO