Flexa

Flexani yuklab oling va bu vakansiyaga ariza bering.

Haydovchi va kuryerlar

Haydovchi-yuk tashuvchi (DONSAROY savdo markazi)

Donsaroy
FargʻonaGrafik 7:00–19:00Ovqat

Maosh kelishiladi

Vakansiya haqida

Asl matn: oʻzbekcha
📢 DONSAROY DO‘KONIGA HAYDOVCHI-YUK TASHUVCHI KERAK! Oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi DONSAROY savdo markaziga mas’uliyatli, chaqqon va tajribali haydovchi-yuk tashuvchi ishga taklif etiladi. 📍 Manzil: Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 120B-uy 🧭 Mo‘ljal: Politexnika instituti (universiteti) oldida ⏰ Ish vaqti: 07:00 dan 19:00 gacha Asosiy vazifalar: • Mahsulotlarni avtomobilga yuklash; • Yuklarni belgilangan do‘kon va savdo nuqtalariga o‘z vaqtida yetkazib borish; • Yetkazilgan mahsulotlarni avtomobildan tushirib, do‘konlarga topshirish; • Yuklarning butun va shikastlanmagan holda yetkazilishini ta’minlash; • Avtomobil va yuklarning tozaligi hamda tartibiga rioya qilish. Ish sharoitlari: • Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan maosh (suhbat asosida belgilanadi); • Doimiy ish o‘rni; • Yaxshi ish sharoiti va ahil jamoa; • Tushlik korxona hisobidan.

Talablar

Talablar: • Amaldagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish; • Avtomobil boshqarish tajribasiga ega bo‘lish; • Jismonan baquvvat, sog‘lom va chaqqon bo‘lish; • 25–50 kg lik un va shakar qoplari hamda yog‘ karobkalarini ko‘tarishga tayyor bo‘lish; • Yuk tashish yoki ulgurji savdo sohasida ishlagan bo‘lsa, ustunlik beriladi; • Mas’uliyatli, halol, tartibli va ishga kechikmay keladigan bo‘lish.

Bu sizning vakansiyangizmi? Oʻzingizga oling · Bizniki emas — olib tashlang

Ish turi

Toʻliq stavka

Tajriba

Oʻrta

Soha

Chakana savdo va elektron tijorat

Joylashuv

Fargʻona

Joylashtirildi

11 noy 2026

Tugaydi

11 dek 2026

Kompaniya haqida

Donsaroy